Qayroqsoy
Qayroqsoy — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Xo’jaipokning o’ng irmog’i. 2860 metr balandlikda, Boysuntog’ning Sharqiy yon bag’ridagi buloqdan boshlanadi. Gumatak jilg’asining quyilishidan (chapdan) Kelkensoy deb ataladi. Uzunligi 27 kilometr, suv yig’ish maydoni 204 km2.