SHO’RSUVIT

SHO’RSUVIT, shorsuit (Sho’rsuv oltingugurt konidan topilgan; nomi shundan) — kvasslar guruhiga mansub mineral. 1955 yilda topilgan. Kimyoviy tarkibi (M§, G’e2+, Ia) (A1, G’e3+)2 (804)4 19,6 N20. Monoklin singoniyada kristallanadi. Tolasimon oq, kulrang. Ipaksimon yaltiraydi. Qattiqligi kam, zichligi 1,89—2,0 g/sm3. Suvda eriydi, olov Alangasida qaynaydi. Qordek oppoq, asbestga o’xshash yertomirlarda bo’ladi. Alyuminiy va oksidlangan temirga boy sulfat tuzlaridan, kolchedan rudalarining oksidlangan zonasidan pastda kislorod etishmasligidan hosil bo’ladi. Piritli gillar va toshko’mir qatlamlarida ham uchraydi. Uraldagi Blyavinskoe va Kizel konlarida ham topilgan.