ANJE

ANJE, Anjer — Frantsiyadagi shahar, men va Luara departamentining ma’muriy markazi, Anju tarixiy viloyatining eng katta shahri. Aholisi 141 ming kishi (1990). Men daryosi Luaraga quyiladigan yerdagi pristan. Temir yo’l tuguni. Qishloq xo’jaligi mashinasozligi, to’qimachilik, oziq-ovqat, poyabzal sanoati korxonalari, san’at va hunar milliy maktabi, romangotika cherkovi (12 — 13 – asrlar), qasr (1228 — 38), arxeologiya va suvratli gilamlar muzeylari bor.