Resessivlik
Resessivlik (lotincha recessus — chekinish, olib tashlash) — geterozigota, ya’ni 1 genning 2 ta har xil alleliga ega bo’lgan organizmlarda gen allellaridan birining fenotipik namoyon bo’lmasligi. Resessiv allellar yozma kichik harflar: a, v, s va boshqalar bilan belgilanadi. Resessiv allel gomozigota (AA) yoki gemizigota (a) holatga o’tganida fenotipik namoyon bo’ladi.