Resipient

Resipient (lotincha recipients — oluvchi, qabul qiluvchi) — boshqa biror organizmdan ko’chirib olingan a’zo, to’qima yoki hujayralar o’tkaziladigan odam yoki hayvon. Davo (qon quyish, yurak va boshqalarni ko’chirib o’tkazish) a’zo va hujayralar funktsiyalarini eksperimental tekshirish, ba’zan kosmetika maqsadlarida amalga oshiriladi.