JUMA MASJID

JUMA MASJID — juma kunlari keng jamoa namoz o’qiydigan katta masjid. Me’moriy tuzilishi jome masjidga nisbatan kichik va oddiyroq. Juma masjidlar har bir shaharda bir yoki bir nechta bo’lib, ularni qurish va bezashda davrning mashhur me’morlari, naqqoshlari safarbar qilingan, shuning uchun ham ko’pgina Juma masjidlar xalq me’morligi va amaliy bezak san’atining namunasi sifatida muhofaza qilinadi. O’zbekistonda ayniqsa Xivadagi Juma masjid mashhur.