KANIFOL

KANIFOL (kichik Osiyodagi Kolofon shahri nomidan olingan) — ignabargli daraxtlarning qattiq smolasimon tarkibiy qismi. Mo’rt, shishasimon, och sariq rangdan to’q jigarranggacha bo’lgan shaffof smola. Suyuqlanish temperaturasi 100-140°, qaynash temperaturasi 250°, yumshash temperaturasi 40-75°, kristallanish temperaturasi 95-110°, zichligi 1,07—1,09 g/sm3. Tarkibida 60-92% smolasimon kislotalar (asosan, abietin kislota), 0,5— 12% to’yingan va to’yinmagan yog’kislotalar, 8-20% neytral moddalar (seskvidiva- triterpenoidlar) bo’ladi. Mineral va organik asoslar ta’sirida tuzlar (kanifol sovun), masalan, C|9H2,COONa hosil qiladi. Spirtlar bilan (ko’p atomlilari bilan osonroq) kanifol efirlarini beradi. Kanifolni metallarning oksidlari (ZnO,CaO, A12O3, Vao va boshqalar) bilan qo’shib qizdirilsa, sikkativ sifatida qo’llaniladigan rezi- natlar hosil bo’ladi. Kislorod ta’sirida oson oksidlanadi. Kanifol sintetik kauchuk, lateks, bitum emulsiyalari ishlab chiqarishda emulgator, yelim komponenti, sovun ishlab chiqarishda yog’larga qo’shimcha (10% gacha) sifatida qo’llaniladi. Kaltsiyli, ruxli, alyuminiyli, marganesli va kobaltli tuzlari — sikkativlar.