Javhariy, Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Forobiy
Javhariy, Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Forobiy (940-1002 yoki 1008) — turkistonlik tilshunos olim. Forobda dunyoga kelib, vatandoshi Toyisiy Ibrohim Forobiy va boshqa allomalardan tahsil olgan. So’ng, Iroq, Jazira, Misrga borib, uzoq muddat Arab tili grammatikasini o’rgangan. Xurosonga qaytib, bir muddat Nishopurda yashagan. U 1002 yil ulkan qanotlar yasab, ularni qo’llariga bog’laganda, uchmoq uchun tomdan sakrab vafot etgan. Javhariyning «toju- l-lug’a va sahohu-l-Arabiya» («Lug’at toji va arabchaning haqiqiysi») asari tilshunoslik fanida Feruzobodiy (1329-1414)ning «Krmus»idan keying eng mukammal kitobdir. Bu asarga ko’plab sharxlar bitilgan. Asar fors, turk tillariga tarjima qilingan, Turkiyada nashr etilgan.