Jankent

Jankent — qadimgi shahar xarobasi (milodiy 1-asr — 16-asr boshi). Orol dengizining shimoliy-Sharqiy qirg’og’ida, hozirgi Kazalinsk shahri yaqinida joylashgan. 9-13-asr manbalarida Yangikent nomi bilan mashhur bo’lgan. 10-asr manbalarida aytilishicha, Jankent o’g’uzlar mamlakatining asosiy shaxri hisoblangan. Jankent mo’tullar istilosi (13- asr)ga qadar Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholining siyosiy qarorgohi, savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan. Volga bo’yi, Kiyev va Novgorod bilan aloqa qilib turgan. 16-asr boshlarida, Shayboniylar davrida Jankent xaroba holga kelgan.