Jung’ariya darvozasi
Jung’ariya darvozasi – g’arbda Jung’ariya Olatovi va Sharqda borliq tizmasi hamda Moylitov tizmalari orali g’idagi tog’ yo’lagi. Qozog’istonda, Xitoy bilan bo’lgan chegara yaqinida. Balandligi 300-400 metr. Uzunligi qariyb 50 kilometr, eni 10 kilometrgacha. Iqlimi quruq, tez-tez kuchli shamol («elvizak»)lar bo’lib turadi. Chala cho’l landshaftiga ega. Jung’ariya darvozasi Balxash—Olako’l soyligi va Jung’ariya tekisligini birlashtirib turadi. Jung’ariya darvozasi qadimda Markaziy Osiyo chorvador xalqlari va harbiy qo’shin o’tadigan yo’l bo’lgan. Oqto’g’ay — Drujba temir yo’l qurilgan.