Jumaniyozov Ro’zmat

Jumaniyozov Ro’zmat (1933.12.20 – O’rganch tumani — 2001.5.12) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992). Xorazm maqom, suvora va boshqa mumtoz ashula yo’llari ijrochisi. Hojixon va Nurmuhammad Boltaevlarning shogirdi. Yirik ashula va suvora yo’llarini X. Otajonov, Q. Hojievlardan o’rgandi. Xorazm viloyati teatrida aktyor, yakkaxop ashulachi sifatida bir necha obrazlar yaratgan. Urganch shahar madaniyat uyida maqomchilar ansambli (1966-81), O’rganch tumani «Dilnavoz» ansambli (1981-88), Xorazm viloyati televideniye va radiosi qoshidagi «maqom» ansambli (1988 yildan) rahbari. Kuchli va keng hajmdagi ovoz sohibi. Eski an’analarga ko’ra dutor jo’rligida hamda torni tanbur uslubida chalib aytishga odatlangan. Ovoz imkoniyatlaridan foydalanib yirik avjlarda ikki-uch jumlani bir nafasda aytish, usul va kuy qochirimlarini mohirona o’ynatish Jumaniyozov uslubiga xosdir. «Rost», «Buzruk», «Navo» Xorazm maqomlari Jumaniyozov rahbarligida Respublika radio va televideniyesida yozib olingan (1989-90).