Juzv

Juzv (Arab. — qism, bo’lak) — aruzning eng kichik unsuri. Harf va harakatlarni unli va undosh tovushlarga ajratish mumkin, Arab yozuvida 28 undosh harf (tovush) bor. Unli harflar esa uchta: alif, yo, vov, bu 3 unlini cho’ziq deb ham aytishadi, shu bilan birga, undosh harflarning osti yo ustiga qo’yiladigan ost, ust belgilar bilan ko’rsatiluvchi (qisqa) unlilar ham bor, ular uchta: za- bar – a; zir – i, e; pish – u, o’. Aruzning kichik bo’lagi bo’lgan Juzv shu harf va harakatlardan yasaladi, bu hol bo’g’in tushunchasiga zid emas, chunki bo’g’in ham shu unli va undosh harf (tovush)lardan tashkil topadi. Undosh harflar osti yo ustiga harakatlar (zabar, zir, pish) qo’yib ochiq bo’g’inlar, ustiga sukun qo’yib, yopiq bo’g’in yasalib kelingan. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq deyiladi: kamar so’zida birinchi bo’g’in (ka —) ochiq, ikkinchi bo’g’in (— Mar) yopiqdir. Alisher Navoiy turkey aruzda harakat harfga, harf harakatga o’tishi mumkin deb ta’kidlaydi. Masalan, «qildi» so’zini — tarzida ham, — V tarzida ham hisoblash mumkin bo’ladi. Juzvlar uchta: 1) sabab (Arab, arqon), u ikki xil bo’ladi: a) yengil sabab (Arab, sababi Xafif) — bir harakatli va bir sukunli harfdan tuziladi: may; b) og’ir sabab (Arab, sababi Saqil) — ikkita harakatli harfdan tuziladi: ko’zi 2) vatad (Arab, qoziqcha), u ikki xil: a) yig’iq vatad (vatadi majmu’), — ikkita harakatli harf va bir harakatsiz — Su-kunli harfdan yasaladi: Samar; b) yoyiq vatad (vatadi mafuq) — ikkita harakatli harf orasida bir harakatsiz harf kelishiga bog’liq: noma; 3) fosila (Arab, Paloe), bu ham ikki xil: a) kichik fosila (fosili sug’ro) — uchta harakatli harf va oxir va bir harakatsiz harf ishtirokiga qaraydi: yuragim; b) katta fosila (Fosilai Kubro) — to’rtta harakatli, so’ng bir harakatsiz, ya’ni sukunli harfdan paydo bo’ladi: yashamagan. Arablar chodir uylarda yashab kelganlar va bu uyni «bayt» deb atagan, ular ikki miyora she’rni ham bayt (uy) deb atashganlari uchun, baytdagi metrik unsurlarni chodirda ishlatuvchi narsalar nomi b-n arqon (sabab), qoziq (vatad), paloe (fosila) deb nomlashgan va bu hol ko’chma ma’no oladi. Aruzning tayanchi bo’lgan ruknlar shu Juzvlardan yuzaga keladi. Juzvning o’zgacharoq talqinlari ham bor, ammo mohiyati bitta. Ad.: Alisher Navoiy, mezon ul- avzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; To’ychiyev U., O’zbek poeziyasida aruz sistemasi, T., 1985.