Jumayev Tavur

Jumayev Tavur (1918.6.11, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Buxoro teatri direktori o’rinbosari (1947-49), O’zbek davlat filarmoniyasi (1949-54, 1970-72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954-57), O’zbek davlat estradasi (1961-63), Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti (1974-83) direktori, O’zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi o’quv yurtlari va kadrlar boshqarmasi boshlig’i (1972-74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eshittirish va teleko’rsatuvlar muallifi.