Jinoyat ishini qayta harakatga keltirish

Jinoyat ishini qayta harakatga keltirish – hukm chiqarilgandan so’ng ishni qonunda ko’rsatilgan yangi holatlar ochilishi munosabati bilan qayta qo’zg’atish. Jinoyat ishi guvoh ko’rsatuvi yoki ekspert xulosasi noto’g’riligi ma’lum bo’lgan; ishdagi dalillardan birontasi qalbaki bo’lib chiqqan; sudyaning sud muhokamasida yoki tergovchining tergov davrida o’z vazifasini suiste’mol qilganligi aniqlangan; sud hukm chiqarayotganda ma’lum bo’lmagan holatlar ochilgan, sudlangan shaxsning aybeizligi yoxud hukmda ko’rsatilgandan yengil yoki aksincha, og’ir jinoyat qilganligi aniqlangan, shuningdek, oqlangan yoki sudda jinoyat ishi tugatilgan shaxsning aybdorligi tasdiqlangan hollarda qayta harakatga keltirilishi mumkin (O’zR JPK, 522— 527 – moddalar).