ANOV
ANOV — Ashxobod (Turkmaniston) yaqinidagi Anov qishlog’i atrofidan topilgan qadimgi dehqonchilik manzilgohlari (miloddan avvalgi 4-ming yillik — miloddan avvalgi 1-asr). Eneolit, jez va ilk temir davrlariga oid arxeologik madaniyat shundan olingan. Xom g’ishtdan qurilgan turar joy qoldiqlari, rangli naqshli sopol idishlar, metall qurollar va boshqalar topilgan.