Jizza

Jizza — o’z yog’ida qovurilgan to’g’ramcha dumba. Qo’yning yog’i (dumba) to’g’ri to’rtburchak shaklida to’g’ralib, past olovda qovuriladi, so’ngra yog’lari erib, yog’to’qimalari va qoldiq yog’lardan Jizza hosil bo’ladi. Asosan qo’yning dumbasidan tayyorlanadi, shuningdek, qoramol va boshqa hayvon yog’i eritilib ham Jizza olinadi. Dumba Jizzasi issig’ida tuz va piyoz aralashtirib, non bilan yeyiladi yoki xamirga solib Jizzali non (patir) yopiladi. Xalq tabobatida Jizzani o’rik, bodom yoki yong’oq mag’zi bilan birga tuyilib, yara-chaqani davolashda (malham sifatida) ham ishlatiladi.