Jijka Yan

Jijka Yan (taxminan 1360-1424) — Chex xalqining milliy qahramoni, sarkarda, guschilar harakati arbobi. Gryunval’d jangi (1410) qatnashchisi. Taboriylarning 1-getmani (1420 yildan). Armiya tizimiga vagenburg tizimini joriy etgan. Unga ko’ra, taboriylar ma’lum bir tepalikni istehkom qilib olib atrofini aravalar bilan to’sishgan, faqat bir tomongina dushman hujumi uchun atayin ochiq qoldirilgan. Jijka Prshibislava shahrini qamal qilish paytida o’latga chalinib vafot etgan.