Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri

Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri — bolalar teatri. 1983 yil Jizzax shahrida tashkil etilgan. A. Mamatov, Z. Mahmudovalar teatrning ilk aktyorlaridir. «O’jar quyoncha» (M. Suponin) spektakli bilan ochilgan. Eng yaxshi spektakllari: «Farhod va Shirin» (A. Navoiy), «tomoshada tomosha» (M. Ashurova), «makkor tulkicha» (V. Pavlovskie), «Kashmir qo’shig’i» (Sh. Rashidov), «Tomosha» (K. Qodirov, N. Normat), «Bo’g’irsoq» (E. Patrik), «quvnoq ayiqchalar» (M. Polivanova), «Obi hayot» (M. Ashurova), «Sho’x xo’tikcha» (Temurbek), «Semurg'» (H. Olimjon) va boshqalar. J. Muxtorov, J. Mamarahimov, Z. Mamarahimova, Z. Mahmudova, F. Yo’ldoshev, F. Hasanov va boshqalar teatrning yetakchi aktyorlaridir. O’zbekiston Respublikasi qo’g’irchoq teatrlari 3-festivalida «Farhod va Shirin» spektakli bilan festivalning eng oliy mukofotiga sazovor bo’lgan (1992). Teatrning sahnalashtiruvchi rejissyor — Rustam Aliyev (2002). 1998 yil AQShda gastrolda bo’lgan. Abduvohid Xo’jayev.