Jondavlattepa

Jondavlattepa — shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalari — milodiy 1 ming yillik o’rtalari). Sherobod (Surxondaryo viloyati)ning shimoliy-Sharqiy tomonida joylashgan. Maydoni 8 gektar. Tarhi ko’p burchakli. Shaharning 2 ta darvozasi bo’lgan. 1-si Sharqiy devorning o’rtasida, 2-si Janubiy devorning markazida joylashgan. Darvozalar ikki tomondan minora bilan mustahkamlangan. Hozirgi paytda shahar xarobasining katta qismidan qabriston sifatida foydalanilmoqda. Kushonlar davrida Jondavlattepa gullab-yashnagan. Shaqarning shimoliy-g’arbiy burchagida murabba tarhli qo’rg’on (balandligi 19 metr) bo’lgan. Jondavlattepadan ko’plab sopol idishlar va boshqa moddiy-madaniyat yodgorliklari topilgan. Ad.: Pidaev Sh. R., Poseleniya Kushanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978.