Juma

Juma (Arabcha — jam bo’lish) — 1) Grigoriy kalendarida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida «Sayyid ul-ayyom» — kunlarning ulug’i sifatida e’zozlanadi. Juma kuni peshin namozi o’rniga Juma namozi o’qiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mav’iza (liniy va’z) o’qiydilar. So’ng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida Juma kunini dam olish kuni deb belgilagan bo’lsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qur’oni Karimning «Jum’a» surasida: «Juma namozini o’qib bo’lganlaringizdan keyin (kasb- hunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni so’rangizlar» (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan.