Jinja

Jinja — Ugandadagi shahar, Busoga provintsiyasining ma’muriy markazi. Viktoriya ko’li bo’yidagi port, Viktoriya- Nil daryosining boshlanish yerida. Aholisi 65 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l orqali Hind okeani bo’yidagi Mombasa porti (Keniya) bilan bog’langan. Mamlakatning yirik savdo- sanoat markazi. Metallurgiya (mis eritish va po’lat prokati) zavodlari, mebel, to’qimachilik fabrikalari, oziq-ovqat (pivo, qand-shakar, un, yog’), qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Jinja yaqinida GES qurilgan.