Jorjiya

Jorjiya — AQShning Janubiy- sharqidagi shtat. Maydoni 153 ming km2. Aholisi 8,4 million kishi (2001). Ma’muriy markazi va eng katta shahri — Atlanta. Jorjiya hududining ko’p qismi pasttekislik, kemalar qatnaydigan savanna, oltamaxo, Flint daryolari kesib o’tgan. Shimol va shimoli-g’arbida Appalachi tog’larining tizmalari joylashgan. Iqlimi subtropik, sernam; yillik yog’in 1300-1600 mm. Tog’larda dub, qarag’ay va qora qayin o’rmonlari bor. Jorjiya — industrialagrar shtat. Mashinasozlik, to’qimachilik, tsellyuloza-qog’oz va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Yirik aviasiya (Lokxid firmasi), Avtomobilsozlik, kimyo korxonalari bor. Qishloq xo’jalik tovar mahsuloti qiymatining yarmidan ko’prog’ini chorvachilik (asosan parrandachilik) beradi. Asosiy ekinlari (mahsulot qiymati bo’yicha): yer yong’oq, makkajo’xori, tamaki, paxta. Meva va sabzavot ham yetishtiriladi. Transport yo’llari tuguni — Atlanta; asosiy dengiz porti — savanna; chetga qishloq xo’jalik va o’rmon mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft keltiriladi. Jorjiya — AQShda dastlab tuzilgan 13 shtatdan biri. 1776 yilda boshqa 12 ta Angliya mustamlakasi bilan birga o’zini mustaqil deb e’lon qilib, AQShni tuzishda ishtirok etgan.