ANORTOZIT

ANORTOZIT — gabbro guruhiga mansub magmatik tog’ jinsi. Asosli yoki o’rta asosli plagioklazdan iborat. Tarkibida olivin, piroksen magnetit bo’ladi. Oq, kulrang, to’q kulrang, qoramtir rangli bo’ladi. Alar plagioklazning tarkibiga qarab, labradoritlar, bitovnititlar, anortitli alarga bo’linadi. Anortozit Ukrainada Volin, Rossiyada Kola yarim orolida bor. Anortozit fizik, kimyoviy nurashlarga chidamli bo’lganidan haykallar yasash, imoratlarni, metropolitenlar va yodgorliklarni bezashda qoplama material sifatida ishlatiladi.