Jerex, oq qayroq

Jerex, oq qayroq (Aspius aspius) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq. Uzunligi 60-80 santimetr, vazni 12 kilogrammgacha. Shimoliy boltiq, qora, Orol dengizlari havzalarida, O’zbekistonning deyarli barcha suv havzalarida, jumladan Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. 3-5 yoshida voyaga yetadi. Mayda baliqlar, plankton, voyaga yetgan davrida esa baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Martdan maygacha 40 tadan 300 minggacha uvuldiriq tashlaydi. Qisman sanoat ahamiyatiga ega.