ANTAGONISTLAR

ANTAGONISTLAR 1) anatomiya va fiziologiyada qarama-qarshi harakatlanuvchi muskullar, masalan, oyoq-qo’llardagi yozuvchi va bukuvchi muskullar, shuningdek yuqori va pastki jag’dagi tishlar; nerv juftlari — ular qo’zg’alganda a’zoga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadi (masalan, adashgan nerv ta’sirlanganda yurak ritmi hamda muskullarining qisqarishi sustlashadi va hokazolar, simpatik nerv ta’sirlanganda esa buning aksi kuzatiladi; 2) mikrobiologiyada — ba’zi mikroorganizmlar (zamburug’, bakteriya, achitqi)ning hayoti va rivojlanishini susaytiruvchi mikroorganizmlar.