Jems (James) Uilyam

Jems (James) Uilyam (1842.11.1, Nyu-York— 1910.26.8, Chokorua, Nyu- Xempshir) — amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard universiteti professor (1872— 1907). Materializmga qarshi «radikal empirizm» namoyandasi va pragmatism asoschisi. Jems erkin ijodiy shaxs hamda voqelikning ko’p shaklliligi g’oyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariyaga qarshi bo’ldi. Asosiy asarlari: «psixologiyaning ilmiy asoslari» (1890), «Pragmatizm» (1902), «Koinot plyuralistik nuqtai nazardan» (1909), «Diniy tajribaning xilma-xilligi» (1902).