Jismlarning erkin tushishi
Jismlarning erkin tushishi — yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlang’ich tezlikda harakatlanishi. Jismlarning erkin tushishi tezligi v Yer markazigacha bo’lgan masofaga va muhit (havo, suv)ning qarshilik kuchiga bog’liq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland bo’lmagan joydan tushganda tezlik v= yj2gh ga teng bo’ladi (bunda g — erkin tushish tezlanishi; u o’rtacha 9,8 m/S2 ga teng; h — jismlarning tushish balandligi; bu balandlik boshlang’ich vaziyatdan hisoblanadi). Barcha jismlar yerning ayni bir nuqtasida bir xil tezlanishda erga tushadi. Amalda havo qarshiligi ham hisobga olinadi. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli Jismlarning erkin tushishi tezlanishi ekvatorda qutblardagidan kichik bo’ladi.