Jam

Jam (Arabcha — majmua) — o’tmish Sharq musiqa ilmida jinslar majmuasidan hosil bo’ladigan murakkab lad (parda) tuzilmalarining umumiy nomi. Jamlarning muayyan turlari maqom, sho’ba, vvoza, murakkabotlar deb yuritiladi. Jamlar jinslar tarkibi va o’rniga ko’ra turli xillarga ajratiladi. Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Safiuddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Darvishali Changiyning musiqiy risolalarida Jamlarning tarkibiy va badiiy xususiyatlari xaqida ma’lumot berilgan. Jamlar o’n ikki maqom tizimini o’rganishda hamda Shashmaqom lad asoslarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Jamlar orasida hozir o’zbek va tojik musiqasining asosi hisoblangan Shashmaqom sho’balaridagi lad tuzilmalariga mos keladiganlari ham mavjud.