Janda

Janda (forscha — ko’hna, eski) — 1) ustki kiyim. Mato bo’laklaridan (quroq usulida) uzun va keng qilib tikilgan. Asosan qalandar va shayxlar kiygan (xirqa). Hozirgi ma’noda — juldur chopon, yaktak; 2) qo’lda to’qilgan ip mato turi. Asosan qo’lda, keyinroq fabrikada yigirilgan ipdan yo’l-yo’l katak gulli qilib o’ziga xos tarzda qalin qilib to’qilgan. Naqsh mujassamoti ingichka yo’llar mayda kataklardan iborat keng yo’llar bilan bir maromda almashinib kelishiga asoslangan, har bir rangli ip o’z yo’g’onligiga ega bo’lgan (Masalan, qizil rang 2 va qora rang 6 ipdan iborat bo’lgan). Janda matosi o’ta pishiqligi va rangining odmiligi bilan ajralib turgan. Turkiston (Tojikiston, O’zbekiston)da Jandadan to’n tayyorlangan. 20-asr 20-yillaridan Janda to’qish deyarli barham topgan.