Janubiy tinch okean qiri
Janubiy tinch okean qiri -Tinch okeanning Janubiy qismidagi suv osti tizmasi. Avstraliya-Antarktida suv osti tizmasining Sharqiy davomi. Shimoliy-sharqqa tomon 4100 kilometr masofaga cho’zilgan, eni 500-1000 kilometr. Ustini qumoq jinslar, organik qoldiqlar qoplagan. Tizmaning ustida okean chuqurligi 878 metrdan 2500-3000 metrgacha. Boshqa suv osti tizmalaridan enining kengligi va Rift zonasining yaqqol aks etmasligi bilan farq qiladi.