Jibuti

Jibuti — Jibuti davlatining poytaxti. Aholisi 395 ming kishi (1999). Iqlimi tropik quruq iqlim, o’rtacha oylik temperatura 25° dan 35°gacha (Maksimum 40°), yillik yog’in 130 mm. Jibutiga 1888 yil frantsuzlar asos solgan. 1896-1946 yillar Frantsiya Somalisining, 1946 yildan Frantsiyaning «dengiz orti hududi» ning ma’muriy markazi. 1977 yil 27 iyundan Jibuti Respublikasi poytaxti. Bob ul-Mandab bo’g’ozidan Janubdagi Tajura qo’ltig’i sohilidagi port. Suvaysh kanali orqali o’tadigan dengiz yo’lidagi tranzit punkt. Efiopiyaning tashqi savdosiga ham xizmat qiladi. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Jibuti orqali chetga kofe, moy olinadigan urug’lar, teri, tuz va boshqalar chiqariladi. Chetdan neft va neft mahsulotlari keltiriladi. Suyuq gaz tayyorlash zavodi, oziq-ovqat, kemasozlik sanoati korxonalari bor. 1981 yildan Jibuti erkin port.