ANTIB

ANTIB — Frantsiya Janubdagi shahar va port, iqlim kurorti. Dengiz bo’yi Alp tog’lari etagida, moviy qirg’oqda, Kann shahridan Sharqda. Aholisi 63 ming kishi (1990). Turizm markazi. Gulchilik va badiiy kulolchilik bilan shug’ullaniladi. Sobiq Grimaldi saroyida P. Pikasso muzeyi, Antib bo’rnida botanika bog’i va Napoleon muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi 4-asrda yunonlarning Antipolis koloniyasi sifatida asos solingan.