Jarqoq neftgaz koni

Jarqoq neftgaz koni – Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor shahrining shimoli-sharqida joylashgan kon. Neft va gaz Jarqoq strukturasida to’plangan. 1955 yilda burg’i qudug’i qazilgan. 1956 yilda quyi bur yotqiziqlarining 12-gorizontidan gaz olingan. Konning geologik tuzilishida paleozoy, yura, bo’r va paleogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Jarqoq strukturasi Kogon tepaligining Janubi-Sharq qismida joylashgan, uzunligi 17 kilometr, kengligi 7 kilometr, balandligi 100 metr. Struktura 3 gumbazdan iborat. Ularning o’lchami minus 570 metr izogipsi bo’yicha: shimoliy gumbaz 2,6 kilometr x 0,7 kilometr, balandligi 10 metr, Markaziy gumbaz — 6,7 kilometr x 3,3 kilometr, balandligi 50 metr, Janub gumbaz 2,3 kilometr x 1,0 kilometr, balandligi 20 metr. 1955-57 yillarda konda 13 burgi qudug’i kavlangan. Ularning bittasida neft, 6 tasida gaz, 1 tasida gaz bilan neft, 1 tasida suv bilan neft, 4 tasida suv bilan gaz, qolganlarida suv borligi aniqlangan. 12-, 13-, 15-gorizontda gaz, 13-, 15-va 15A-gorizontda neft va gaz bor. Kondagi gazning havoga nisbatan zichligi 0,580—0,612 kg/m3, karbonat angidridi 0,09—1,08%, azot va kamyob gazlar 0,24— 0,5%, metan 94-96%, nefti engil (0,823 g/sm3), oltingugurt miqdori 0,7%, parafin 1,42%, qatron 10%. Kondan neft va gaz olinadi.