Jag’-jag’

Jag’-jag’, oddiy jag’-jag’, ochambiti ICapsella bursa pastories (L.) Medic] — karamdoshlarga mansub bir yillik begona o’t. 6 turi ma’lum. O’zbekistonda 1 turi — S. bursa pastoris uchraydi. Tukli, ba’zan tuksiz poyasi oddiy yoki shoxlangan, bo’yi 10-50 santimetr. Tupbargdagi barglari bandli, oddiy, ko’pchiligi patsimon. Gullari mayda, siyrak shingilga to’plangan. Tojbargi oq. Mevasi teskari yuraksimon uchburchak shaklli yoki ponasimon qo’zoq. Bir o’simlik 70 minggacha yashovchan urug’beradi. O’simlik erta bahorda una boshlaydi va kech kuzgacha rivojlanishi davom etadi. Maysalari yer betida to’pbarg hosil qiladi. Jag’-jag’ qor ostida qishlab, erta bahorda yana rivojlanishni davom ettiradi. Hamma yerda tarqalgan. Ko’pgina ekinzorlarda, begona o’t sifatida o’sadi. Shuningdek, yo’l yoqalari, ariq bo’ylarida o’sadi. Kurash choralari: kuzgi shudgor, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, qator oralarini kultivasiya qilish. Boronalashdan avval treflanning (4-6 kg/ga) suvli emulsiyasini purkash va tezda borona qilish. Shuningdek, kotoran (1,0—1,6 kg/ga), kotofor (0,8—1,3 kg/ga), prometrin (1,3— 2,5 kg/ga) sepiladi.