ANTIDUNYO

ANTIDUNYO — antimoddalar tarkib topgan gipotetik ob’yekt. Antimodda va Antidunyoning bo’lishi to’g’risidagi gipoteza 1933 yilda P. Dirok tomonidan aytilgan. Biroq ularning borligi kuzatishlarda tasdiklanmagan va inkor etilmagan. Masalan, yulduz neytrino, antiyulduz esa antineytrino sochishi kerak; demak, ularni neytrino teleskopi ajratishi mumkin. Biroq neytrino teleskopining sezgirligi past bo’lgani uchun ular hali qayd qilinmagan (1997).