Ubaydulloh ibn Ziyod
Ubaydulloh ibn Ziyod (taxminan 649 taxminan 685) —Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (673-674); Movarounnahrni arablar tomonidan fath etilishining dastlabki bosqichida faol qatnashgan Arab sarkardasi. Xalifa Muoviya tomonidan 673 yil oxirlarida Arab qo’shiniga bosh bo’lib Amudaryoni birinchi bo’lib kechib o’tgan. So’ngra Buxoroni qamal qilgan. Buxoro malikasi turklarni yordamga chaqirgan va ular yordamida arablarga qarshi zarbalar bergan. Biroq oqibatda Arab qo’shini g’olib kelib, o’rtada sulh tuzilgan. Sulhga ko’ra Buxoro malikasi bir lak (bir million) dirham hajmda boj to’lagan, shuningdek, arablar ko’plab qurolyarog’lar, kiyimkechaklar, oltin, kumush buyumlar va 4 ming buxorolik kamonchilarni o’lja olib Xuroson noibi qarorgohi — Marvga qaytishgan. Ubaydulloh ibn Ziyod buxorolik kamonchilarni o’zining shaxsiy gvardiyasiga aylantirgan. Muoviya Ubaydullohni 674 yil Xurosondan chaqirtirib olib Basra noibi etib tayinlagan, 681 yildan — Basra va Kufa noibi.