Uvada gaz koni

Uvada gaz koni — Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi kon, Qarshi shahridan 65 kilometr shimoli sharqda. 1968 yilda ochilgan, 1981 yildan foydalanishga topshirilgan. Uvada gaz koni maydoni kenglik bo’yicha cho’zilgan braxiantiklinaddan iborat. Neokomapt yarusining burma uzunligi 5,7 kilometr, eni 3,5 kilometr, balandligi 250 metr. Janub qanot jinslarining yotish burchagi 5-6°, shimol 7-8°. Burma 2 ta yer yorig’i bilan murakkablashgan, ulardan birinchisi burmaning Markaziy qismidan kenglik bo’yicha, ikkinchisi burma cho’ziqligiga ko’ndalang yo’nalishda o’tadi. Kon paleozoy (30 metr qalinlikda), mezozoy va kaynozoy yotqiziklariga mansub. Sanoat miqyosidagi gaz yirik va mayda zarrali qumtoshlardan tarkib topgan, gid va alevrolit qatchalari bilan qavatlangan gorizontlarda aniqpangan. Gorizontning umumiy qalinligi 37-45 metr, gaz o’tkazuvchan qatlarning umumiy qalinligi 15 — 20 metr. G’ovakliligi 14,6%, gazga to’yinganligi 0,62. Gaz uyumi qatlamli, gumbazsimon, 742-748 metr chuqurlikda joylashgan, o’lchami 4×1,6 kilometr, balandligi 80 metr. Gaz debita 63,2 dan 165,2 ming m3/sutka. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.