ANTIPASSATLAR

ANTIPASSATLAR — tropik kengliklarning troposferasida passatlar ustida esadigan g’arbiy havo oqimi. Antipassatlarning quyi chegarasi o’rta hisobda 4 kilometr balandda; subtropiklardan ekvatorga tomon va qishdan yozga qadar kuchayib boradi. Antipassatlar Shimoliy yarim sharda asosan Janubiy-g’arbdan, Janubiy yarim sharda esa shimoli- g’arbdan esadi.