Luara

Luara — Frantsiyadagi eng uzun daryo. Uzunligi 1012 kilometr, havzasining maydoni 115 ming km2. Savenna tog’laridan boshlanib, Markaziy Frantsiya massivi va Luara pasttekisligidan oqadi va atlantika okeanining Biskay qo’ltig’iga estuariy hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Ale, sher, Venna (chapdan). O’rtacha suv sarfi 800 m3/sek. Yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Suvi Fevral va mart oylarida ko’payib, avgust va sentabr oylarida kamayadi. Roan shahrigacha kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn, Sena, Sona daryolari bilan bog’langan. Luara daryosi sohillarida Orman, tur, Nant shaharlari, estuariysida — Sen-Nazer porti joylashgan. Luara vodiysida 15-16-asrlarda qurilgan ko’plab qasrlar saqlangan.