Luiziana (Louisiana)
Luiziana (Louisiana) — Missisipi daryosi havzasidagi hududning 17-asr oxiri — 19-asr boshidagi nomi. 16-asrda ispanlar tomonidan kashf etilgan. 17-asrda frantsuzlar tomonidan o’zlashtirila boshlangan. 1763 yil Sharqiy qismi inglizlarga, g’arbiy qismi ispanlarga (1800 yil frantsuzlarga) o’tdi. AQSh tashkil topganidan keyin Luiziananing Sharqiy qismi, 1803 yildan g’arbiy qismi ham AQSh tarkibida. Luiziana hududi bir qancha Shtatlar o’rtasida o’zaro bo’lingan.