Latish tili
Latish tili — latishlar tili. Hind-Yevropa oilasining Boltiq tillari guruhiga mansub. Latish tilida 1 million 300 mingga yaqin kishi gaplashadi (2000). U 3 ta asosiy — o’rta latish (Markaziy Latviya; bu dialekt asosida adabiy Latish tili shakllangan), Livon (Kurzemening shimol va Vidzemening shimoliy-g’arbiy qismlari), yuqori latish (Sharqiy Latviya) laxrkalariga bo’linadi. Latish tilida arxaik xususiyatlar kam, odatda, urg’u suzning birinchi bo’g’iniga tushadi; fonetik tarkibi barcha unlilarning uzun va qisqa bo’la olishi bilan xarakterlidir. Latish tili yozuvi 16-asrda lotin alifbosi asosida paydo bo’lgan.