ANUSHIRVON

ANUSHIRVON (to’liq ismi Xusrav I Anushirvon) — sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi. Anushirvon otasi — Qubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar o’tkazdi, mamlakatni raiyatparvarlik bilan boshqardi. Hind eposi «Kalila va Dimna» Anushirvon topshirig’i bilan paxlaviy tiliga tarjima qilindi, Avesto qayta ko’chirildi. Anushirvon shahar va qishloqlarni obod etish, ko’hna qadriyatlarni tiklashga alohida e’tibor berdi, uning davrida zardushtiylik rshojlandi, o’zaro urushlarga uzil-kesil barham berildi. Anushirvonning adolatliligi, ma’rifatparvarligi xalq orasida keng yoyiddi, og’zaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham Anushirvon haqida qissalar to’qildi. Firdavsiy Anushirvon haqida doston yaratgan va uni «Shohnoma»ga kiritgan. «Qobusnoma», «Siyosatnoma», «Jome ul-hikoyot», «Gulzor», «Miftoh ul-adl» va boshqa kitoblarda Anushirvon to’g’risida ko’plab hikoyatlar keltirilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»sida ham u haqda ma’lumot uchraydi. Anushirvon asli tarixiy shaxs bo’lgan, keyinchalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.