ANXEL
ANXEL — Venesueladagi sharshara, Gviana yassitog’ligidagi Churun daryosi (Orinoko daryosi havzasi) da. 1054 metr balandlikdan (yer sharidagi eng baland sharshara) oqib tushadi. 1935 yilda venesuelalik uchuvchi X. Anxel tomonidan kashf qilingan.