APERTURA

APERTURA (lotincha apertura — teshik, tirqish) — optik tizimning yorug’lik nurlarini o’tkazadigan teshigi; linzalar yoki diafragmalar bilan o’zgartirilishi mumkin. Burchakli Apertura — optik tizimdan o’tuvchi yorug’lik konussimon dastasining chetkl nurlari orasidagi a burchak. Sonli Apertura G’іѕіp -u ga teng; ya — buyum qo’yilgan muhitning sindirish ko’rsatkichi. Tasvirning yoritilganligi va optik asbobning ajratish qobiliyati Aperturaga bog’liq bo’ladi.