Ladigin Nikolay Vladimirovich
Ladigin Nikolay Vladimirovich (1905.25.11, Yaroslavl – 1976.13.8, Moskva) — rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1944). 1931-70-yillar Toshkentda yashagan. O’zbekistonda harbiy okrug qoshida teatr tashkil etishda faol qatnashgan va 1947 yildan shu teatrning badiiy rahbari va bosh rejissyor bo’lgan. 1958-65 yillar Oxunboboyev nomidagi yosh tomoshabinlar teatrining bosh rejissyor. Sahnalashtirgan spektakllarida ko’tarilgan ijtimoiy masalalarning keskinligi va hayotiyligi, zamonaviyligi bilan e’tiborga molikdir. Eng yaxshi spektakllari: «Hamlet», «Qirol Lir», «Romeo va Juletta», «otello» (Shekspir), «makr va muhabbat» (Shiller), «Tartyuf» (Moler), «Ikki boyga bir malay» (Goldoni), «bukri toychoq» (Ershov), «Oltin kalitcha» (tolstoy), «kechki ovqat oldidan» (Rozov) va boshqalar.