Lyublyana
Lyublyana — Sloveniya poytaxti. Lyublyanise daryosi bo’yida, uning Sava daryosiga quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 270,5 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik va metallsozlik (yirik gidrokuvurlar zavodi, elektrotexnika buyumlari, priborlar ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, poligrafiya, farmatsevtika, ko’n-poyabzal, yog’ochsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sloveniya fan va san’at akademiyasi, universitet (1595), filarmoniya (1702), yadro tadqiqotlari instituti va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy, etnografiya muzeylari, kutubxonalar, milliy va zamonaviy galereyalar bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro yarmarkalar o’tkaziladi. Lyublyana slavyanlar qishlori sifatida 1144 yildan ma’lum. 13-asrning 2-yarmidan shahar, Krayna tarixiy viloyatining ma’muriy markazi. 1335-1918 yillarda (vaqt-vaqti bilan) gabsburglar hukmronligi ostida bo’lgan. 1918 yilda Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) tashkil topishi bilan Lyublyana — Sloveniya, 1992 yildan mustaqil Sloveniya Resggublikasi poytaxti. Me’moriy yodgorliklaridan Grad qasri (9-19-asrlar), episkop saroyi (16-18-asrlar), cherkovlar, San-Nikolay sobori (18-19-a.lar), ratusha, opera teatri binosi va boshqalar saqlangan.