Lyuk

Lyuk (gollandcha luik — teshik) — 1) agregat, mashina, inshootlar va boshqalardagi tuynuk; ularning ichiga shu tuynuk orqali kiriladi. Lyuk har doim yopiq turadi va yuqorida aytilgan ob’yektlar ichiga kirish zaruriyati tug’ilgandagina ochiladi. Ob’yektning katta-kichikligiga qarab, Lyukning o’lchami ham har xil bo’ladi. Masalan, kosmik kema, samolyot fyuzelyajvdagi, sanoat korxonalarining poli va devorlaridagi, vodoprovod, gaz, kanalizatsiya, telefon tarmog’i qudug’idagi va boshqa tuynuklar Lyuk hisoblanadi. Bunday Lyuklar odamning kirib-chiqishi, yuk ortish-tushirish, havo kirishi, yorug’lik o’tishi uchun mo’ljallanadi; 2) optikada — optik tizimning kuzatuv maydoni doirasini ancha toraytiradigan teshik (diafragma) yoki shunday teshikning optik tasviri. Agar kuzatuv maydonining diafragmasi optik tizim oldida joylashgan bo’lsa, u shu tizimning kirish Lyuki, uning optik tasviri esa chiqish Lyuki deb ataladi. Optik tizim orqasida joylashgan diafragma chiqish Lyuki, uning optik tasviri esa kirish Lyuki bo’ladi; 3) kema bortidagi artilleriya qurolining uchi chiqib turadigan teshik.