Laktonlar
Laktonlar — halqasida — COO guruhi bo’lgan oksikislotalarning ichki tsiklik murakkab efirlari. Sut va sut mahsulotlari, o’simlik muskuslari tarkibiga kiradi. Odatda, suyuqliklar yoki oson suyuqlanadigan qattik moddalardan iborat. Laktonlar — parchalanmay haydaladigan neytral moddalar; suv qo’shib qaynatilganda oksikislotalarga aylanadi. Ishqorlar eritmasi qo’shib qizdirilganda oksikislotalarning tuzlarini hosil qiladi, galogenvodorod biriktirib, galogen almashingai kislotalarni, ammiak bilan esa kislotalar amidlarini hosil qiladi. Dori tayyorlashda, organik sintezda va xushbo’y moddalar olishda ishlatiladi. Ba’zi Laktonlar (masalan, mevalolakton) jarrohlikda qo’llaniladigan terpenlar biosintezida, biologik inert gidrofil poliuretanlar sintezida boshlang’ich moddalar hisoblanadi.