Laktamlar

Laktamlar (lakt…) — halqasida — S(o) — NR — (bu yerda R — N yoki organik radikal) guruhi bo’lgan aminokarbon kislotalarning ichki tsiklik amidlari; tautomer «enol» shakli laktim deyiladi. Laktamlar — kristallar; suvda va organik kislotalarda yaxshi eriydi; amfoter moddalar. Kimyoviy xossalari karbon kislotalar amidlariga o’xshash, oson alkillanadi, asillanadi, galogenlanadi. Laktamlar, asosan, aminkarbon kislotalar yoki ularning hosilalarini tsiklizasiyalab, shuningdek, galogenokarbon va oksikarbon kislotalarning amidlaridan olinadi. e-kaprolaktamni polimerlab, polikaproamid hosil qilinadi (polikaproamiddan kapron tolasi tayyorlanadi). Ko’pchilik Laktamlar biologik faol moddalar; jumladan 3- Laktamlar laktam antibiotiklari tarkibiga kiradi; poli—N—vinilpirrolidonning suvdagi eritmasi tibbiyotda qon plazmasi sifatida qo’llaniladi.