Langar

Langar — 1) kema va boshqa suzib yuruvchi vositalar (mayoq, bochka, zemsnaryad) ni suv yuzida bir joyda tutib turadigan moslama. Langar mustahkam, ishlatilishga qulay, istalgan grunt bilan puxta tishlashadigan bo’lishi kerak. Langarning doimiy, suzuvchi va vintsimon xillari bor. Langarning asosiy detali sterjen. Sterjenning bir uchidan kaftli shox, ikkinchi uchida zanjir bog’lash uchun teshigi (skobasi) bor. Ba’zi konstruktsiyalarida skobadan pastrokda shtok bo’ladi; 2) dorbozlar dor ustida muvozanat saqlash uchun foydalaniladigan uzun (odatda, 6-6,5 metr) tayoq, langar cho’p; 3) qayiqchilar qayiqni sayoz joydan olib o’tayotganda ishlatiladigan tayoq.